O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI
O‘ZBEKISTON OTORINOLARINGOLOGLAR JAMIYATI
AXBOROT XATI
2021-yil 12-13-oktyabr kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasida «Otorinolaringologiyada zamonaviy muammolar va istiqbollar» mavzusidagi I O‘zbekiston-Italiya ilmiy anjumani bo‘lib o‘tadi.
Anjumanda mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining professor-o‘qituvchilari; tadqiqotchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, tadqiqotchi-stajirorlar, magistrantlar, bakalavrlar, shuningdek, otorinolaringologiya sohasidagi mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.
Ilmiy anjumanning asosiy yo‘nalishlari:
Otorinolaringologiyada tibbiy texnika va texnologiyalar.
LOR kasalliklarini davolashning zamonaviy usullari.
Otorinolaringologiyada endoskopiyaning yutuqlari.
Anjuman oflayn shaklda o‘tkaziladi. Anjuman tili – ingliz tili
Anjumanning birinchi kuni mehmonlarning otorinolaringologiyaning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar va taqdimotlar turkumiga bag‘ishlanadi va «O‘zbekiston» mehmonxonasining anjumanlar zalida bo‘lib o‘tadi. O‘tkazilish vaqti 11:00 dan 18:00 gacha
Anjumanning ikkinchi kuni «CHINOR» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida mahorat darslari, jarrohlik amaliyotlari va savol-javob tarzidagi muhokamalar shaklida o‘tkaziladi. O‘tkazilish vaqti 09:00 dan 17:00 gacha
Anjuman doirasida otorinolaringologiya sohasidagi yetakchi kompaniyalarning jihozlari va dori vositalari ko‘rgazmalari tashkil etiladi.
Ilmiy anjuman o‘tkaziladigan joy:
1-kun – «O‘zbekiston» mehmonxonasi. Manzil: Toshkent shahri, Mirzamahmud Musaxonov ko‘chasi, 45-uy;
Telefon: +998 946768585
2-kun – «CHINOR» tibbiyot markazi. Manzil: Toshkent shahri, Qamashi ko‘chasi, 1-tor ko‘cha, 5-uy; telefon: +998-555-000-556 yoki +998-555-033-334
Joylar cheklanganligi (50 ta o‘rin) sababli anjumanning 2-kunida ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tishingizni va ariza topshirishingizni so‘raymiz.
