2021-yil 23-fevral kuni Otolaringologiya va stomatologiya kafedrasida «Otorinolaringologiya» fani bo‘yicha «Talabalar ilmiy konferensiyasi» o‘tkazildi.

Tadbirda talabalar o‘z mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar bilan qatnashdilar. Belgilangan hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin Aminova Marhabo, TTA tibbiyot fakulteti 5-kurs talabasi. Mavzu: Pastki jag‘ sinishlarini davolashni takomillashtirish. Ilmiy rahbar: Bobamuratova D.T. assistent.
2-o‘rin Anorboyev Islom, TTA tibbiyot fakulteti 5-kurs talabasi. Mavzu: Otomikoz va uning zamonaviy davosi. Ilmiy rahbar: dotsent Xo‘janov Sh.X.
3-o‘rin Azizqulov Tohir, TTA tibbiyot fakulteti 5-kurs talabasi. Mavzu: Vegener kasalligida burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarini erta aniqlash. Ilmiy rahbar: dotsent Xaydarova G.S.
Konferensiyaning barcha ishtirokchilari sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.