
Professor Xakimov Abdumalik Maxmudovich (1941-2020)
Professor A.M.Xakimov 1991-2011-yillarda professor A.I.Mo‘minov tomonidan unga topshirilgan kafedraga rahbarlik qilgan. U 1992-yilda «Bolalarda orttirilgan eshitish zaifligi xususiyatlari va ularning patogenezida individual omilning ahamiyati» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning rahbarligida 3 ta doktorlik, 14 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. U 1 ta o‘quv qo‘llanma, 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy ishlanmalar va 3 ta mualliflik patentlari muallifidir.

2001-yilda kafedra qoshida otorinolaringologiya yo‘nalishi bo‘yicha magistratura tashkil etildi, shuningdek, respublika oliy tibbiyot ta’lim muassasalari va tibbiyot kollejlari tinglovchilari ushbu kafedrada malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Toshkent tibbiyot akademiyasi 2005-yilda O‘zbekistonda tibbiy ta’limni isloh qilish doirasida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturlariga muvofiq O‘zbekiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Akademiyaning otorinolaringologiya kafedrasi mavjud ikkita kafedraning birlashishi natijasida shakllandi. Professor A.M. Xakimov bu yangi kafedraga mudirlik qilish uchun tayinlandi.

U bu lavozimda 2011-yilgacha faoliyat yuritdi. Xakimov Abdumalik Mahmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, 1941 yilda tug‘ilgan. U 1964 yilda ToshDTI davolash fakultetini tugatgan. 1964-1970-yillarda harbiy terapevt sifatida ishlagan (Belorussiya, Vengriya, Chexoslovakiyada). 1970 yildan ToshDTI LOR klinikasida ordinator, aspirant, assistent, dotsent, professor va kafedra mudiri (1992-2010 yillar) lavozimlarida faoliyat olib borgan. Ilmiy yo‘nalishi: ichki quloq patologiyasi, eshitish va vestibulyar analizator. 1989-2000-yillarda tibbiyot fakultetida dekan o‘rinbosari va dekan lavozimlarida ishlagan.

U 10 yildan ortiq vaqt davomida O‘zbekiston otorinolaringologlar uyushmasi raisi, Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
U O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ikki marta «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.

