O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIY AKADEMIYASI
O‘ZBEKISTON OTORINOLARINGOLOGLAR JAMIYATI
MA’LUMOT XATI
2021-yilning 12-13-oktyabr kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasida «Otorinolaringologiyaning zamonaviy muammolari va istiqbollari» mavzusida 1-O‘zbekiston-Italiya ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Konferensiyada mahalliy va xorijiy universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlarining professor-o‘qituvchilari, shuningdek, tadqiqotchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, stajyorlar, magistrantlar, bakalavrlar va otorinolaringologiya mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.
Ilmiy anjumanning asosiy yo‘nalishlari:
Otorinolaringologiyada tibbiy asbob-uskunalar va texnologiyalar.
LOR kasalligini davolashning zamonaviy usullari.
Otorinolaringologiyada endoskopiya yutuqlari.
Konferensiya oflayn rejimda o‘tkaziladi. Konferensiya tili – ingliz
Konferensiyaning birinchi kuni mehmonlar tomonidan otorinolaringologiyaning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha bir qator ma’ruzalar va taqdimotlarga bag‘ishlanadi va «O‘zbekiston» mehmonxonasining konferensiyalar zalida bo‘lib o‘tadi. Soat 11.00 – 18.00
Konferensiyaning ikkinchi kuni «CHINOR» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida operatsiyalar bo‘yicha mahorat darsi va savol-javob shaklidagi muhokamalar bilan o‘tkaziladi. Vaqti 09.00 – 17.00
Konferensiyada otorinolaringologiya sohasidagi yetakchi kompaniyalarning uskunalari va dori vositalari ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.
Ilmiy konferensiya o‘tkaziladigan joy:
1-kun – «O‘zbekiston» mehmonxonasi Manzil: Toshkent shahri, Mirzamahmud Musaxonov ko‘chasi, 45-uy;
Telefon: +998 946768585
2-kun – «CHINOR» tibbiyot markazi. Manzil: Toshkent sh., Qamashi ko‘chasi, 1-tor ko‘chasi, 5-uy; telefon: +998-555-000-556 yoki +998-555-033-334
Konferensiyaning 2-kunida joylar cheklanganligi (50 o‘rin) sababli, oldindan ro‘yxatdan o‘ting va ishtirok etish uchun ariza topshiring.
