Hurmatli bitiruvchilar! TTA Otorinolaringologiya va stomatologiya kafedrasi Sizni bitiruv bilan tabriklaydi! Bugun siz hayotingizdagi xuddi shunday muhim bosqich – mutaxassislikni tanlash arafasidasiz!

OTORINOLARINGOLOG mutaxassisligini tanlash uchun bir nechta sabablar LOR shifokori ishining mohiyati nimadan iborat: quloq, tomoq, burun kasalliklarining butun spektrini tashxislash, oldini olish, konservativ va jarrohlik yo‘li bilan davolash, shuningdek bosh va bo‘yin kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolash. Kasb jarrohlik bo‘limiga Read More …

2021-yil 23-fevral kuni Otolaringologiya va stomatologiya kafedrasida «Otorinolaringologiya» fani bo‘yicha «Talabalar ilmiy konferensiyasi» o‘tkazildi.

Tadbirda talabalar o‘z mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar bilan qatnashdilar. Belgilangan hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra quyidagi talabalar g‘olib deb topildi: 1-o‘rin Aminova Marhabo, TTA tibbiyot fakulteti 5-kurs talabasi. Mavzu: Pastki jag‘ sinishlarini davolashni takomillashtirish. Ilmiy rahbar: Bobamuratova D.T. assistent. 2-o‘rin Anorboyev Islom, Read More …

2021-yil 5-mart kuni Otolaringologiya va stomatologiya kafedrasida tibbiyot fanlari doktori, professor Hakimov Abdumalik Mahmudovichning 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Professor Xakimov Abdumalik Maxmudovich (1941-2020) Professor A.M.Xakimov 1991-2011-yillarda professor A.I.Mo‘minov tomonidan unga topshirilgan kafedraga rahbarlik qilgan. U 1992-yilda «Bolalarda orttirilgan eshitish zaifligi xususiyatlari va ularning patogenezida individual omilning ahamiyati» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning rahbarligida 3 ta doktorlik, 14 Read More …

2021-yil 12-13-oktyabr kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasida «Otorinolaringologiyadagi zamonaviy muammolar va istiqbollar» mavzusida I O‘zbekiston-Italiya ilmiy anjumani bo‘lib o‘tadi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI O‘ZBEKISTON OTORINOLARINGOLOGLAR JAMIYATI AXBOROT XATI 2021-yil 12-13-oktyabr kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasida «Otorinolaringologiyada zamonaviy muammolar va istiqbollar» mavzusidagi I O‘zbekiston-Italiya ilmiy anjumani bo‘lib o‘tadi. Anjumanda mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot Read More …