Otorinolaringologiya, bosh va bo‘yin kasalliklari VI SYEZD

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-martdagi «2024-yilda o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi qo‘shimcha ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar to‘g‘risida»gi 76-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 6-7-may kunlari Toshkent davlat tibbiyot universitetida «Otorinolaringologiya, bosh va bo‘yin kasalliklarini tashxislash va davolashga zamonaviy yondashuv» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti otorinolaringologiya kafedrasi professor va o‘qituvchilari konferensiyada o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Jami ishtirokchilar soni 250 nafar bo‘lib, ulardan 172 nafari ayollar, 25 nafari talabalar, 115 nafari 40 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, 32 nafari esa xalqaro ishtirokchilarni tashkil etdi.

АНДЖУМАН ЯКУНЛАРИ БОИЧА КУЙИДАГИ ТАВСИЯЛАР ИШЛАБ ЧИКИЛДИ.

Tavsiyalar:

Ushbu konferensiyada taqdim etilgan tadqiqot natijalari tibbiyotda qo‘llaniladi.
Tibbiyotning dolzarb muammolarini ilmiy-amaliy hal etishda xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning xalqaro integratsiya jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirish orqali korporativ innovatsiyalar va hamkorlikni kuchaytirishni ta’minlash. Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini tahlil qilish, baholash va rag‘batlantirish.
Konferensiyada respublika oliy ta’lim tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarining ilmiy asoslari muhokama qilinadi. Natijada ularni ijtimoiy va moliyaviy rag‘batlantirish imkonini beruvchi ilmiy xulosa va tavsiyalar tayyorlanadi.
Klinik ordinatura, doktorantura, otorinolaringologlar magistraturasi orqali malaka oshirish orqali otorinolaringologiya sohasida yuqori malakali tibbiyot xodimlari va mutaxassislarni tayyorlash.
Respublikada otorinolaringologiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish
Zamonaviy jarrohlik usullaridan foydalangan holda otorinolaringologlar tomonidan bemorlarni davolashda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Otorinolaringologik bemorlarni tashxislash va davolashning milliy standartlarini joriy etish
Mahalliy va xorijiy otorinolaringologlar ishtirokida masofaviy o‘qitish va maslahat berish usullarini o‘tkazish.