Otorinolaringologiya, bosh bo`yin VI SYEZD

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 20-martdagi “2024-yilda qo‘shimcha o‘tkaziladigan Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar to‘g‘risida”gi 76-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 6-7-may kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida “Otorinolaringologiya, bosh va bo‘yin kasalliklarida tashxislash va davolashga zamonaviy yondashuv” mavzusida o‘tkazilgan Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani

Anjumanda Toshkent Davlat Tbbiyot Universitetining otorinolaringologiya kafedrasi professor o`qituvchilari maruzlar bilan ishtirok etishdi.

Jami ishtirikchilar soni 250 tаni tashkil etib shulardan Ayol ishtirokchilar-172 tа, talabalar soni-25 tа, 40 yoshgacha bo’lgan yosh olimlar soni-115 ta, Xalqaro ishtirokchilar soni -32 tа

Anjuman yakunlari bo‘yicha quyidagi chora tadbirlar ishlab chiqildi.

Tavsiyalar:

  1. Ushbu anjumandagi tadqiqot natijalari tibbiyotda tadbiq etishda qo‘llaniladi.
  2. Kelajakda chet el mutaxassislari bilan tibbiyotning dolzarb muammolarini ilmiy amaliy hal etishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
  3. Oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni halqaro integratsion jarayonlarda ishtirokini faollashtirish orqali korporativ innovatsion hamkorlikni mustahkamlashni ta’minlashdan iborat. Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini tahlil qilish, baholash va rag‘batlantirish.
  4. Anjumanda respublikamizdagi oliy ta’lim tizimida tibbiyot oliygohlarida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarning hamda ilmiy tekshirish institutlarida va tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayitgan shifokor izlanuvchilarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarining ilmiy asoslarini muhokama qilish natijasida ularni ijtimoiy va moliyaviy rag‘batlantirish imkonini beradigan ilmiy xulosa va tavsiyalar tayyorlanadi.
  5. Klinik ordinatura, doktorantura, magistratura, otorinolaringologlarning malakasini oshirish orqali otorinolaringologiya sohasida yuqori malakali tibbiyot xodimlari va ilmiy mutaxassislarni tayyorlash.
  6. Respublikada otorinolaringologiya bo‘yicha ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish
  7. Otorinolaringologik bemorlarni zamonaviy jarrohlik usullari bilan davolashda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
  8. Otorinolaringologik bemorlarni tashxislash va davolashning milliy standartlarini joriy etish
  9. Yaqin va uzoq xorijdan kelgan Xalqaro Otorinolaringologlar ishtirokida masofaviy o‘qitish usullari va maslahatlarini o‘tkazish.