2021 yil 12-13 oktyabr kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasida «Otorinolaringologiyaning zamonaviy muammolari va istiqbollari» 1-O’zbekiston-Italiya ilmiy konferentsiyasi bo’lib o’tadi

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi

Toshkent Tibbiyot Akamediyasi

 

O’zbekiston Otorinolaringologlari ja’miyati

 

Axborot hati

2021 yil 12-13 oktyabr kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasida «Otorinolaringologiyaning zamonaviy muammolari va istiqbollari» 1-O’zbekiston-Italiya ilmiy konferentsiyasi bo’lib o’tadi.

Konferentsiyada mahalliy va xorijiy universitetlar, ilmiy -tadqiqot institutlari professor -o’qituvchilari ishtirok etishlari mumkin; tadqiqotchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, tadqiqotchi – stajyorlar, magistrantlar, bakalavrlar va otorinolaringologiya mutaxassislari ham taklif qilinadi.

 

Ilmiy konferentsiyaning asosiy yo’nalishlari:

Otorinolaringologiyada tibbiy asbob -uskunalar va texnologiyalar.
LOR-kasalliklarini davolashning zamonaviy usullari.
Otorinolaringologiyada endoskopiya yutuqlari.

 

Konferentsiya oflayn rejimda o’tkaziladi. Konferentsiya tili – ingliz tili

 

Konferentsiyaning birinchi kuni mehmonlar otorinolaringologiyaning asosiy yo’nalishlari bo’yicha ma’ruzalar va taqdimotlar turkumiga bag’ishlanadi va «O’zbekistan» mehmonxonasining konferentsiya -zalida bo’lib o’tadi. Vaqt 11.00-18.00

Konferensiyaning ikkinchi kuni «CHINOR» tibbiyot ko’p tarmoqli markazida bo’lib o’tadi va savol-javob shaklida operatsiyalar va munozaralar master-klassi o’tkaziladi. Vaqt 09.00 – 17.00

Konferentsiya doirasida otorinolaringologiya sohasidagi etakchi kompaniyalar uskunalari va dori – darmonlari ko’rgazmalari tashkil etiladi.

 

Ilmiy konferentsiya o’tkaziladigan joy:

1 -kun – «O’zbekiston» mehmonxonasi Manzil: Toshkent shahri, Mirzamahmud Musaxonov ko’chasi 45;

Telefon: +998 946768585

2 -kun – «CHINOR» tibbiy markazi. Manzil: Toshkent shahri, Qamashi ko’chasi, 1, 5; telefon + 998-555-000-556 yoki + 998-555-033-334

 

Konferentsiyaning 2 -kuni joy cheklanganligi (50 o’rin) tufayli oldindan ro’yxatdan o’ting va ishtirok etish uchun ariza bering.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.